E'lon 108 ko'rish
Endi muammo haqida ovoz bilan yozish mumkin
«Xabar berish» oynasida mikrofon tugmasini bosib gapiring — aytganingiz matnga aylanadi, sun'iy intellekt qolganini to'ldiradi.
my.Fergana platformasidagi «Xabar berish» oynasi yangilandi. Endi matn maydonidagi mikrofon tugmasini bosib, muammoni o'zbek yoki rus tilida aytib berish kifoya — nutq avtomatik ravishda matnga aylanadi.
Shuningdek rasm bilan birga PDF hujjat (ariza, dalolatnoma) ilova qilish mumkin. Sun'iy intellekt xabarni tahlil qilib, toifa, tuman va mas'ul tashkilotni o'zi aniqlaydi; ma'lumot yetishmasa — bir-ikki aniqlashtiruvchi savol beradi.
Xabar berish — saytning yuqori qismidagi «Xabar berish» tugmasi orqali.
- #platforma